Toshkent Shimoliy vokzali oldidagi tunnelda “Gentra” yonib ketdi

12:46 26 Iyun 2025 Jamiyat
200 0

Poytaxtning Mirobod tumanidagi Toshkent Shimoliy vokzali oldidagi yer osti tunnelida “Gentra” rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 26-iyun kuni soat 11:29 da sodir boʻlgan. Toshkent shahar FVBga xabar tushgach, yongʻin-qutqaruv texnikalari manzilga soat 11:37 da yetib borib, alangani soat 11:40 da toʻliq oʻchirgan.

Bildirilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 25-iyun kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida “Spark” rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер