Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 4 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xoʻja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4 yanvar kungi juma namozida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari shayx Abdulaziz Mansur diniy idora raisi oʻrinbosari vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi, oʻz navbatida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi etib tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring