Toshkent shahrida tirbandlikni oldini olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish koʻzlangan?
Hozirda aholining kunlik harakatlanishga boʻlgan ehtiyoji 9 mln tashkil etib, undan 3 mln piyoda harakatlanish, 6 mln esa transportda harakatlanishga toʻgʻri keladi.
Aholini kunlik harakatlanishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, bunda yoʻlga sarflanadigan vaqt va moddiy resurslar samaradorligini oshirishga, jahon tajribasiga koʻra, sifatli, qulay, xavfsiz va jozibador jamoat transporti tizimini joriy etish orqali erishiladi.
Joriy holatni yaxshilash, aholini harakatlanishga boʻlgan ehtiyojini sifatli, qulay va xavfsiz xizmatlar orqali qondirish maqsadida qator ishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring