Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yoʻnaltiriladi
Foto: president.uz
Toshkent shahrini energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan quyidagi qoʻshimcha vazifalar belgilab berildi:
— sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari oʻrnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish boʻyicha loyihalarni boshlash;
— ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini oʻrnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni taʼminlash;
— Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;
— poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yoʻqotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
— 1 ming 817 ta koʻp qavatli uylarning ichki isitish tizimini toʻliq yangilash;
— 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yoʻqotishlarni 5 foizga kamaytirish.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yoʻnaltiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring