Toshkent shahar IIBB boshligʻiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Polkovnik Farxod Fattaxovich Hasanov Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi maʼlumot poytaxt IIBB saytiga joylashtirilgan.
U 2020-yil sentyabr oyidan buyon Qoʻqon shahri ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi (IIO FMB) boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Poytaxt IIBB rahbarining avvalgi birinchi oʻrinbosari Doniyor Tashxodjayev 2024-yilning noyabrida vazifasidan ozod etilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring