Toshkent shahar hokimligi tadbirkordan qariyb 4 mlrd soʻm qarzdor ekani maʼlum qilindi

01:23 25 May 2021 Iqtisodiyot
1824 0

Toshkent shahar hokimligi tadbirkorga tegishli boʻlgan binoni buzgan va 4 milliard soʻm qarzdor boʻlgan. Bu haqda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, “L.” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) uning mulk huquqlari buzilganligidan norozi boʻlib, biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, hokimning qarori bilan yer maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinganligi natijasida tadbirkorga tegishli 87 kvadrat metrlik savdo doʻkoni buzilgan.

Ushbu mulk mustaqil baholovchi korxona tomonidan qariyb 4 milliard soʻmga baholangan. Shu bilan birga, tadbirkor tomonidan kompensatsiyani toʻlab berish toʻgʻrisidagi murojaat Toshkent shahar hokimligiga yuborilganligiga qaramay, kompensatsiya toʻlanmagan.

Biznes-ombudsman tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo arizasi natijasida Toshkent shahar hokimligiga “L” MCHJga qariyb 4 milliard soʻm kompensatsiya toʻlab berish vazifasi yuklatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер