“Toshkent-Samarqand” pullik yoʻlini qurish loyihasi boʻyicha uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 24-iyul kuni Transport vazirligida “Toshkent-Samarqand” pullik yoʻlini qurish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish boʻyicha Ilhom Maxkamov YeTTB vakillarini qabul qildi.
Ushbu pullik yoʻl qurish loyihasining texnik iqtisodiy asosi YeTTB tomonidan yollangan Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş. kompaniyasi tarafidan 1.5 mln dollar miqdoridagi grant mablagʻlari hisobidan ishlab chiqilmoqda.
Uchrashuv doirasida loyihaning texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda xususiy sherikni aniqlash boʻyicha tender jarayonlarini tashkillashtirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring