Toshkent metropolitenida poyezd ikki bekat oraligʻida toʻxtab qoldi

10:49 11 Aprel 2025 Jamiyat
448 0

Illyustrativ foto

Toshkent metropolitenida poyezd ikki bekat oraligʻida toʻxtab qoldi. “Toshkent metropoliteni” holatga izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-aprel sanasi soat 07:53 lar atrofida “Ming oʻrik” bekatidan harakatlangan 67-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati aniqlangan. Shundan soʻng, belgilangan yoʻriqnomaga asosan, yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezd harakati “Ming oʻrik” — “Yunus Rajabiy” bekatlari oraligʻida toʻxtatilgan.

Mashinist tomonidan tezkor koʻrilgan chora-tadbir natijasida 3 daqiqa ichida harakat tarkibidagi nosozlik bartaraf etilgan va poyezd harakatini davom ettirgan.

“Hozirgi vaqtda yoʻnalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, deb yozadi metropoliten matbuot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер