Toshkent metropoliteni metro vagonlariga bekatlarning yangi xaritasini joylashtirishni boshladi — foto
Foto: Illustrativ foto
Toshkent metrosida vagonlarga yangi stansiyalar xaritasi joylashtirila boshlandi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda Toshkent metropolitenida harakatlanayotgan vagonlardagi stansiyalarning mavjud xaritalari bosqichma-bosqich yangi xaritalarga almashtirilmoqda, deyiladi xabarda.

Xaritada Chilonzor, Yunusobod, Sergeli, Oʻzbekiston va yer usti aylana liniyalari, shu jumladan qurilayotgan yoʻnalish ham kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring