«Toshkent metropoliteni» izoh berdi: Yerusti metrosining «konditsioner»i rostdan ham ishlamayaptimi?

17:37 26 Iyun 2024 Jamiyat
435 0

Ijtimoiy tarmoqlarda metropolitenning yer usti yoʻnalishidagi poyezdlarida sovitish tizimi ishlamayotgani xususida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK axborot xizmati oʻz izohini berdi.

«Hozirgi vaqtda, «Yer usti halqa yoʻli» yoʻnalishida 10 ta harakat tarkibi harakatlanmoqda va shundan 8 tasi joriy yilda xarid qilingan poyezdlar boʻlib, ularning sovitish tizimi havo harorati +50°C issiqqacha belgilangan norma boʻyicha ishlash imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, yana boshqa mavjud 2 ta harakat tarkiblari oʻtgan yillar davomida olib kelingan boʻlib, asosan yer osti metro bekatlarida harakatlanishiga moʻljallangan hamda ularning sovitish tizimi esa, harorat +40°C gacha boʻlgan issiqda ishlashga moʻljallangan.

Shu sababli, jalb etilgan malakali mutaxassislar tomonidan, bu harakat tarkiblarining sovitish tizimlarining uskunalari modernizatsiya qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, yuzaga kelayotgan bu kabi kamchiliklar yaqin kunlar ichida toʻliqligicha bartaraf etiladi», deyiladi xabarda.

Metropolitenning «Yer usti halqa yoʻli» yoʻnalishida harakatlanayotgan harakat tarkiblarining sovitish tizimi bilan bogʻliq kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, kuchaytirilgan tartibda maxsus ishchi guruh tuzilgan boʻlib, bu ishchi guruh tarkibiga Rossiya Federatsiyasidan ham 15 dan ziyod soha mutaxassislari jalb etilgan.

«Toshkent metropoliteni» DUK keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yoʻlovchilardan uzr soʻragan. Tuzatish ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер