Toshkent koʻchalaridan biri 6 oyga yopiladi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Usmon Nosir 2-tor koʻchasining 200 metrlik qismi koʻprik qurilish ishlari olib borilishi munosabati 6 oy muddatga yopilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati axborot xizmati xabar bergan.
“Haydovchilarga vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz ”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring