Toshkent Xalqaro moliya markazlari Butunjahon Alyansining “kuzatuvchisi” maqomini oldi

12:59 30 Oktyabr 2022 Siyosat
2668 0

Foto: Illustrativ foto

Strategik islohotlar agentligi (SIA) tashabbusi bilan Kasablanka (Marokash Qirolligi) shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon moliya markazlari Alyansi (WAIFC)ning soʻnggi direktorlar kengashida Toshkentning WAIFC faoliyatida xalqaro moliya markazi sifatida ishtirok etish va Toshkentning WAIFC “kuzatuvchisi” maqomini olishi masalasi koʻrib chiqildi.

WAIFC direktorlar kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan Toshkent Jahon Alyansining Xalqaro moliya markazlari “kuzatuvchisi” maqomini oldi. Xalqaro moliya markazi sifatida Toshkent shahrining rasmiy vakili maqomi SIA ga berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер