Toshkent xalqaro konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ijrosini muhokama qilindi
Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi, FAO huzuridagi doimiy vakili O. Akbarov va BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori oʻrinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili V. Raxmanin oʻrtasida videoaloqa tarzida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida joriy yil 15-16-iyul kunlari Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish hamda FAO bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
FAO shafeligida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari qishloq xoʻjaligi vazirlarining uchrashuvini oʻtkazish hamda mavjud xatarlarni yengish va imkoniyatlardan toʻliq foydalanish boʻyicha dastur ishlab chiqish ikki mintaqa oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim omil boʻlishi mumkinligi keltirildi.
FAO bosh direktorining oʻrinbosari, ikki mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq xatarlarni yengishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashini va bu borada Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini yuqori baholashini taʼkidladi.
Tomonlar FAO va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik aloqalari, qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yangi loyihalar ishlab chiqish xususida fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring