Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiyadan soʻng uchta avtoturargoh ochildi

19:22 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
1168 0

Uchib ketish zali oldidagi avtoturargoh sigʻimi 214 tadan 333 taga kengaytirildi. Soyabonlar va savdo shoxobchalari olib tashlanishi, shuningdek, avtobuslar va taksilar uchun yurish liniyasining qayta konfiguratsiyasi hisobiga ushbu hudud kengaytirildi. 

Yoʻlovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchilar uchun esa terminalning oʻzida sharoitlar yaratilmoqda. Tez orada uchish zalining uchinchi qavatida umumiy ovqatlanish va chakana savdo shoxobchalari ishga tushadi.

Uchib kelish zali oldida 175 oʻrinli yangi avtoturargoh qurildi va mavjud 122 oʻrinli avtoturargoh rekonstruksiya qilindi. Umuman olganda, aeroport oldi hududining yangi loyihasiga asosan avtoturargohlardagi joylar soni 187 foizga — 336 tadan 630 tagacha koʻpaytirildi. Ketish va kelish zallari orasidagi yopiq avtoturargoh mehmonxonaga va mehmonxonadan tashishni amalga oshiruvchi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер