Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Oʻktam Umurzoqov vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqovning otas Umurzaqov Oʻktam Pardayevich vafot etdi.
Respublika oliy taʼlim kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Oʻktam Pardayevich fidoyi olim, ilm-fan va taʼlimning haqiqiy jonkuyari edi.
1952-yil 20-avgust kuni tavallud topgan Umurzakov Oʻktam Pardayevich koʻp yillardan beri oʻz ish faoliyati davomida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining rivojlanishi uchun ulkan hissani qoʻshib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring