Toshkent davlat stomatologiya institutida Seul milliy universitet bilan hamkorlikda noyob jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi
Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti Axborot xizmati
Toshkent davlat stomatologiya instituti Koreya Respublikasining Seul milliy universiteti bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda.
Hamkorlik doirasida Seul milliy universiteti delegatsiyasi institutda ortognatik jarrohlik yoʻnalishida murakkab va noyob operatsiyalar oʻtkazdi va talabalar uchun maʼruza hamda mahorat darslarini tashkil etishdi.
Seul milliy universiteti 1946-yilda tashkil etilgan va QS dunyo reytingida 41-oʻrinda turadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring