Toshkent davlat agrar universitetida 4 qavatli yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi

18:16 04 Sentyabr 2025 Jamiyat
278 0

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetining yangi 4 qavatli zamonaviy oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

​

Yangi oʻquv binosi 1350 oʻringa moʻljallangan boʻlib, unda 8 ta zamonaviy laboratoriya, 8 ta keng qamrovli maʼruza zali, 38 ta seminar xonasi, professor-oʻqituvchilar uchun alohida xonalar, fakultet dekanatlari va yordamchi boʻlimlar joylashgan.

​

Endilikda mazkur binoda “Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayni” hamda “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakultetlari faoliyat olib boradi.

​

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berib, yosh avlodni yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalashda zamonaviy sharoitlarning ahamiyati haqida taʼkidladi.

​

“Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi taraqqiyotida yosh kadrlar eng muhim boʻgʻin hisoblanadi. Ularning bilimni chuqurroq egallashi uchun bunday zamonaviy oʻquv maskanlari barpo etilayotgani — davlatimiz eʼtiborining yorqin ifodasidir”, — deydi qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

​

Tadbir yakunida mehmonlar yangi binodagi qulayliklar, zamonaviy jihozlar va shinam xonalar bilan yaqindan tanishdi. Yangi oʻquv binosi Toshkent davlat agrar universiteti moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, taʼlim jarayonini yuqori bosqichga koʻtarish va talabalarga xalqaro standartlarga mos sharoitlarda taʼlim olish imkonini berishga xizmat qiladi.

​

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер