“Toshkent” aeroportining yoʻlovchi tashish hajmi 3 million yoʻlovchini tashkil etdi

12:05 07 Avgust 2023 Jamiyat
405 0

“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra joriy yilda yoʻlovchi tashish 35 foizga oshib, 4,7 million kishini, “Toshkent” aeroportining yoʻlovchi tashish hajmi 39 foizga oshib, 3 million yoʻlovchini tashkil etdi. Yil oxiriga qadar 9,2 million, Toshkentda esa 7 millionga yaqin yoʻlovchi oqimi kutilmoqda.

Oʻzbekiston aeroportlariga uchuvchi aviakompaniyalar soni 59 taga yetdi, shu jumladan 7 ta rezident kompaniya. Joriy yilda reyslar soni 30 foizga oshdi va haftasiga 800 ga yaqin reysni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер