Tortishuvga aylangan tanishuv

12:13 15 Noyabr 2019 Jamiyat
956 0

Sarvinoz Ramazonova (ism-sharflar oʻzgartirilgan) bir nafar farzandi bilan oilasidan ajrashgan. Abdulla Isoqov maʼlumoti oʻrta, vaqtincha ishsiz.

Bular ikkisi kafe yonida I.Hakimova bilan janjallashadi. Buni koʻrib turgan kafe xodimlari ularni ajratishga harakat qiladi. Ikki yigit tortishayotgan paytda S.Ramazonova I.Hakimovaga qoʻlidagi qaychi bilan tashlanadi va tanasining turli joylariga jarohat yetkazadi.

Gap shundaki, bu ikki “dugona” avvaldan bir-birini ijtimoiy tarmoqlar orqali tanigan. Shu tarmoqlarda gaplashib yurishgan kunlarning birida tortishib qolib, bir-birini haqorat qilishga oʻtgan. Koʻrishib, masalani yuzma-yuz gaplashish maqsadida uchrashgan va oʻsha joyda janjallashib ketishgan. Baxtiga ularni IIB xodimlari koʻrib qolgan. Ular bilan gaplashib, ogohlantirishgan. Shunday boʻlsa-da, bularning janjali tugamaydi. Oqibat kafe oldidagi ayanchli manzara sodir boʻlgan.

Ularning shovqinidan kafe atrofida yashaydiganlar ham uygʻonib ketadi va bunga guvoh boʻlishadi. Va aynan shu odamlar “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, ularni vaziyatdan ogoh etadi. Sudda guvoh boʻlganlar ham koʻrganlarini bayon etdi. Eng muhimi, boʻlayotgan voqealarni telefon apparati yordamida video kameraga tushirgan guvohning koʻrsatmasi boʻldi. aybdorlar shundan keyingina oʻz ayblariga iqror boʻlib, jazoni yengillatishni soʻradi.

Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, bezorilik qilayotgan bu yoshlar jazosini oldi. Lekin ichki ishlar xodimlari vaqtida yetib kelmaganida yoki odamlar ajratishmaganida qanday oqibatlarga olib kelishini oʻzingiz tasavvur etavering!

Ahror Hoshimxonov,

Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер