Toʻqimachilikda keyingi yilda ichki bozorga qoʻshimcha 5 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqariladi

17:24 07 Noyabr 2022 Siyosat
525 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida sanoatni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Toʻqimachilikda keyingi yilda ichki bozorga qoʻshimcha 5 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish, eksportni 4,3 milliard dollarga yetkazish topshirildi. Buning uchun:

— Yevropa, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama, trikotaj mato eksportiga transport xarajatlari 2024-yil 1-yanvargacha 70 foiz qoplab beriladi;

— kamida 50 xil turdagi yangi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish dasturi tasdiqlanadi;

— yangi turdagi tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar yoʻnaltiriladi;

— toʻqimachilik industrial zonalari infratuzilmasiga 200 milliard soʻm yoʻnaltiriladi;

— yil yakuniga qadar Turkiya, Eron, Belgiyadan texnologiya va mutaxassislar (dizayner va texnolog) olib kelinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер