“Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonun sohada yangi davrni boshlab beradi

14:40 29 May 2021 Iqtisodiyot
862 0

Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligidagi islohotlarni mantiqiy davom ettirish hamda huquqiy jihatdan qoʻllab quvvatlash maqsadida tomorqa xoʻjaligi uchun yaxlit va mustaqil qonun hujjatini zarur edi.

Boshqacha aytganda, amalga oshirilgan islohotlar natijasida tomorqa xoʻjaligi yaxlit soha sifatida oʻzining yangi rivojlanish bosqichiga oʻtganligi tufayli mazkur sohaning qonunchilik asoslarini yaratish, shuningdek, tomorqa xoʻjaligini yuritishda yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlarini qonun bilan mustahkamlash talab etadi.

Shuni hisobga olgan holda joriy yilning 1-aprelida Oʻzbekiston Respublikasining “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Tuzilishiga koʻra 19 moddadan iborat mazkur qonun tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Aytish joizki, shaxsiy tomorqa xoʻjaligi aholi tomonidan oʻzlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalarida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir.

Shaxsiy tomorqa xoʻjaligini yuritish tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi hamda shaxsiy tomorqa xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Shaxsiy tomorqa xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan shaxs oʻz faoliyatini oʻzini-oʻzi band qilish tariqasida rasmiylashtirishi mumkin.

Shaxsiy tomorqa xoʻjaligi egasi tomonidan unga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilgan va qayta tayyorlangan mahsulotlar uning xususiy mulki hisoblanadi.

Ayni vaqtda, viloyatimizda qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirishning innovatsion usullari amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Viloyatimizni kezib yurganda, zamonaviy issiqxonalar, intensiv bogʻlar yaratish borasida ilgʻor texnologiyalar hayotga tatbiq qilinayotganligini koʻrishimiz mumkin.

Jumladan, baʼzi joylarda fuqarolarimiz oʻz tomorqalarida ekin ekib, samarali foydalanilayotganligini alohida eʼtiborga sazovordir.

Vaholanki, har bir shaxsiy tomorqa – bu fuqarolarimizning rizq-roʻzi, qoʻshimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni taʼminlashning samarali usulidir.

Turgʻun Karakulov ,
Bosh prokuratura boshqarma prokurori,
Fazliddin Otayev,
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi
boʻlim katta prokurori

,

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер