Tomorqa daromad manbai
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Asaka tumanida tomorqadan unumli foydalanish natijasida ish bilan band boʻlmagan aholi doimiy daromadga yoʻnaltirilmoqda. Jumladan, “Obod” MFYdagi 95 ta xonadonda issiqxonalar barpo etildi.
— Buning uchun jami 693 million 500 ming soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratildi, — deydi mahalla hokim yordamchisi Abdulaziz Obidov. — Issiqxonadan unumli foydalanish, mahsulotni bozorga olib chiqish va xaridorga yetkazish mavzularida mahorat darslari tashkil etildi. Hozirda birinchi hosildan boʻshagan maydonlarga ikkinchi ekin ekildi. Bir yilda kamida uch marta hosil olish rejalashtirilgan.
Tomorqa egalari bir sotix yerdan 5 milliondan 10 million soʻmgacha daromad olmoqda. Bu koʻrsatkich yil yakuniga qadar 3-4 barobarga ortadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring