Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
Tolimarjon IESda oʻz ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari yordamida ishlab chiqarishga alohida eʻtibor berilmoqda.
Shu maqsadda stansiyada quvvati 1 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1,8 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Buning natijasida yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring