“Tolibon” Zabiulloh Mujohidni yuqori lavozimga tayinlandi
Foto: AP
Zabiulloh Mujohid “Tolibon” harakatining asosiy vakili etib tayinlandi.
Ahmadulloh Vosiq, Inomulloh Habibi Samangoniy va Bilol Karimiy nomi bilan mashhur Sohib Asadulla Mujohidning noiblari etib saylangan.
Mujohid ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Afgʻoniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari vazifasini bajarib kelayotgan edi.
“Tolibon” 2021-yilning 15-avgust kuni Afgʻonistonda toʻliq nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Keyinchalik muvaqqat hukumat tuzilgani maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring