“Tolibon” ilk marta xorijlikka viza berdi
Afgʻonistonda hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan “Tolibon” harakati ilk marta xorijlik odamga viza topshirdi.
Rossiyaning “RIA Novosti” portali xabariga koʻra bu viza Afgʻonistonga tashrif buyurmoqchi boʻlgan Eronlik fuqaroga berilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, viza olgan shaxs jurnalistdir.
Viza muhriga “Afgʻoniston Islom Amirligi” degan yozuv tushirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring