“Tolibon” harakati Afgʻonistonda oʻt ochishni toʻxtatish shartlarini maʼlum qildi

22:57 12 Iyul 2021 Dunyo
2168 0

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati siyosiy kelishuvga erishgandan keyingina oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻladi. Bu shartni harakatning Dubaydagi siyosiy idorasi vakili Suhayl Shahin maʼlum qilgan.

Shohin muzokaralar «Doha kelishuvi» asosida olib borilishini taʼkidlagan. Unga koʻra, tomonlar avval mojaroni siyosiy yoʻl bilan hal qilish boʻyicha yoʻl xaritasini muhokama qiladilar va shundan keyingina oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga kirishiladi. 

“Ammo biz hali ham siyosiy yoʻl xaritani muhokama qilish jarayonida turibmiz”, deydi Tolibon vakili.

Afgʻonistondagi vaziyat, ayniqsa, AQSH va NATO joriy yilning 1-may kuni Afgʻoniston hududlaridan oʻz qoʻshinlarini rasmiy ravishda olib chiqishni boshlaganidan soʻng keskinlashdi. 

8-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH armiyasi Afgʻonistonni 31-avgustgacha toʻliq tark etishini maʼlum qildi. Unga koʻra, AQSH Afgʻonistonda diplomatik ishtirokini saqlab qoladi va mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga intiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер