"Tolibon" Afgʻonistondagi ekstremistlar taʼsirining kuchayishi ehtimoli haqida gapirdi
Agar dunyo hamjamiyati "Tolibon"ning Afgʻonistondagi hukmronligini tan olmasa, mamlakatda ekstremistlarning taʼsiri kuchayadi. Buni Afgʻoniston Islom Amirligi Bosh vazirining oʻrinbosari Abdul-Salam Hanafiy Afgʻoniston boʻyicha “Moskva formati” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida taʼkidladi.
Shuningdek, AIA bosh vazirining ikkinchi oʻrinbosari, "Tolibon" hech kimga Afgʻoniston xavfsizligini buzishga va respublika hududidan uchinchi davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishga ruxsat bermasligini aytdi.
Shuningdek, u yangi hukumat davrida davlatda hech kim etnik, diniy, lingvistik, jinsi yoki boshqa farqlarga koʻra taʼqib qilinmasligini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring