Tokio Olimpiadasida sportchilar har toʻrt kunda koronavirusga test topshiradi

16:30 11 Fevral 2021 Dunyo
819 0

Tokio Olimpiadasining har toʻrtinchi kunida sportchilarning koronavirusga chalinmagani tekshiriladi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan sportchilar uchun tuzilgan qoidalarda keltirilgan.

Tokiodagi virusni aniqlash sinovlari Olimpiya yoki Paralimpiya qishloqlari hududidagi ixtisoslashtirilgan laboratoriyada oʻtkaziladi. Natijalar maxsus moʻljallangan smartfon dasturiga yuboriladi.

Bundan tashqari, Olimpiadaga kelgan har bir kishi Yaponiyada virus yuqtirgan odamlarni kuzatishda foydalaniladigan mobil dasturni oʻz mobil qurilmalariga oʻrnatishlari kerak. Taʼkidlanishicha, sinovlarning ketma-ketligi sport turi va musobaqalar jadvaliga bogʻliq boʻladi.

XOQ aʼzosi Richard Paund Olimpiada arafasida, agar COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat oʻta xavfli deb hisoblansa, oʻyinlar bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qildi. Olimpiada 24-iyuldan 9-avgustgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер