Tokio-2020: Paralimpiya oʻyinlarida ilk medal qoʻlga kiritildi
Hozirgina Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtayotgan XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida vakillarimiz dastlabki medalni qoʻlga kiritishdi.
Hamyurtimiz Islam Aslanov para suzish musobaqalarida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan final musobaqasida marraga 3-oʻrinda yetib keldi va mamlakatimiz delegatsiyasi hisobiga ilk bronza medalini yozdirib qoʻydi. Oldinda esa yana ikki vakilimiz final bahslarida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring