Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari oltin medali sohibi Ulugʻbek Rashitov buxorolik yoshlar bilan uchrashdi
Taekvondo boʻyicha Tokio-2020 Olimpiyada oʻyinlari oltin medal soxibi Ulugʻbek Rashitov Buxoroga tashrif buyurdi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida Olimpiya chempioni buxorolik yosh taekvondochilar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv “Oʻzbekiston PEPSI” kompaniyasi homiyligida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Taekvondo VT Assotsiatsiyasi Buxoro viloyati boʻlimi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Chempion bilan suhbat Buxoro tumani oʻsmirlar sport maktabiga qarashli sport majmuasida tashkil etildi. Ushbu sport tadbirida Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi Botirjon Shaxriyorov, oʻrinbosari I.Mirzayev, Buxoro viloyati MOQ vakili X.Xusenov hamda Oʻzbekiston Taekvondo VT Assotsiftsiyasi Buxoro viloyati boʻlimi raxbari O.Axadovlar qatnashishdi.
Tadbir davomida Botirjon Shaxriyorov hamda X.Xusenovlar chempionga oʻzlarining esdalik sovgʻalarini taqdim etishdi. Shuningdek, mazkur uchrashuvdan ruxlangan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga chempionimizdan javoblar olishdi. Shu bilan birga Ulugʻbek Rashitov olimpiyada oʻyinlari chogʻidagi his-hayajonlari va shu natijalarga erishish uchun u qanday mexnat qilib, sabr va xarakat ila ushbu marralarni zabt etgani xaqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring