Toyloqlik mirishkorlar koʻchatchilik orqasidan yiliga 200 million soʻm daromad olmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Abdulaziz Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”. Toyloq tumanidagi Talliota mahallasining drayveri asosan koʻchatchilik boʻlib, aholi tomorqachilikdan daromad olishadi. Ushbu mahallada “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili yoʻlga qoʻyilgan.
Xususan, talliotalik Saidamirxon Oqilov, Saidakbar Ahrorovlar koʻchatchilikning hadisini olgan mirishkor dehqonlardan. Ular 20-yildan buyon koʻchatchilik bilan shugʻullanishadi. Mehnati ortidan bir yilda 150-200 million soʻm daromad oladi.
Ayni kunda Saidamirxon Oqilov 10 sotix tomorqasida tashkil etilgan issiqxonada karam koʻchatlari yetishtirmoqda.
— Karamdan boʻshagan issiqxonada pomidor, bulgʻor qalampiri, baqlajon, gulkaram kabi sabzavot koʻchatlari yetishtiramiz, — deydi S. Oqilov. — Yerni boqsang u seni boqadi. Mana shu mehnatimizni orqasidan bolalarni katta qilyapmiz, oʻqityapmiz, oʻy-joy, toʻylar qilyapmiz. Harakatimizga yarashi daromad olyapmiz.
Shu oʻrinda aytish kerakki, Samarqand viloyatdagi 631.4 ming ta aholi tomorqalarining 69.6 ming gektar ekin maydonida almashlab ekish orqali jami 121.9 ming gektar, shundan 57.7 ming gektar erta bahorgi, 34.8 ming gektar takroriy hamda 29.4 ming gektar tuqsonbosti usulida ekinlar ekildi. Natijada, oʻtgan yil yakuni bilan 2 million 263 ming tonna mahsulot yetishtirildi.
Viloyat boʻyicha 75.6 ming aholi tomorqalarida plenka ostida toʻqsonbosti va ertaki ekinlar yetishtirilishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, yil davomida uch marta hosil olishga imkon beradigan 12.4 ming ixcham issiqxonalar tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring