Toyloq tumanida fuqaroni Polshaga ishga joʻnatishni vaʼda qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning maʼlum qilishicha, Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro O.D. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari bilan gaplashib Polsha davlatiga ishga joʻnatishni vaʼda qilgan va evaziga 3 800 AQSH dollarini qoʻlga kiritgani aniqlangan.
Tekshiruvda O.D. oʻz aybiga toʻliq iqrorligini bildirib, S. dan olgan pullari hisobidan 800 AQSH dollari va 1,7 mln soʻmni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
A.Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring