TIVda Turkiya Elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi

19:24 15 Iyun 2023 Siyosat
979 0

2023-yil 15-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Afgʻonistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afgʻoniston yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, tomonlar afgʻon xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oldilar.

Turkiya Elchisi Oʻzbekistonning Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik oʻrnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim oʻrnini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер