Tintuvda aniqlangan oʻq dori vositalar
Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi yuzasidan 2020-yilning 04-mart kuni Sariosiyo tumani “Bogʻishirin” mahallasida yashovchi 60 yoshli R.M., ning yashash uyida tintuv tergov harakati oʻtkazilganida, xonadonning seyf ichida jami 16 dona boʻsh patron gilzalari va 8 dona joylangan jangovar patronlar, bonkaga joylangan 97,36 gramm porox borligi, shuningdek ov qurol tozalaydigan 1 dona shompol va 1 dona yelim idishda jami 2 kilogramm sochma droblar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Sudga oid ballistika ekspertizasi xulosasiga koʻra, 8 dona 16 kalibirli patronlar jangovar ov oʻq dorilar turkumiga kirishi va otish uchun yaroqli boʻlib, 16 dona gilzalar foydalanish uchun yaroqli ekanligi, ushbu oʻq dorilar va aniqlangan shompol “IJ” rusumli ov quroliga tegishli ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuradagi Tergov departamenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring