Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik mavjud

14:12 21 Noyabr 2023 Jamiyat
393 0

Qonunchilikka koʻra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish quyidagicha javobgarlikka sabab boʻladi:

— fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 650 ming soʻmdan 2 mln 310 ming soʻmgacha) jarima;

— mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 310 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga.

Bundan tashqari, qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sogʻliqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha koʻp davom etmaydigan turgʻun tarzda yoʻqotishga olib kelmagan boʻlsa, BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha (660 ming soʻmdan 1 mln 320 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер