Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati takomillashtiriladi

12:03 29 Noyabr 2021 Jamiyat
2349 0

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 27.11.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-dekabrdan:

— shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega boʻlmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib koʻchma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda hamda sirtdan koʻrikdan oʻtkazish orqali tashkil etiladi;

— nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar roʻyxati asosida fuqaro ishtirokisiz ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;

— tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarda nogironligi boʻlgan shaxslarning ishlashi mumkin boʻlgan kasblar boʻyicha tavsiyalar beriladi.

2022-yil 1-avgustdan Toshkent shahrida, 2023-yildan respublikaning boshqa barcha hududlarida nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazishning yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Qarorga koʻra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilib, shu munosabat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga nogironlikni belgilash boʻyicha yuklatilgan qoʻshimcha funksiyalar bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер