Test natijalari xato hisoblanmagan — DTM ayrim notoʻgʻri talqinlar haqida bayonot bilan chiqdi

14:38 15 Sentyabr 2020 Jamiyat
1719 0

Davlat test markazi kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarining dastlabki yakunlari va tahlili” mavzusidagi matbuot anjumanidan soʻng ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi holatlar bir oz notoʻgʻri talqin qilinmoqda. DTM shu boʻyicha bayonot bilan chiqdi.

Davlat test markazi mazkur holatlar boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi.

1. Test natijalari xato hisoblanmagan.

Matbuot anjumanida test natijalari qayta tekshirilishi aytib oʻtildi. Lekin bu yerda test natijalari xato hisoblangan, shuning uchun test natijalari qayta tekshiriladi deb aytilmagan.

Davlat test markazida har doim test natijalarini bir necha bora tekshiriladi. Joriy yilda ham test natijalari qayta koʻrib chiqiladi va bu mandatgacha bajariladi. Bu albatta test natijalarini toʻgʻri tekshirilganiga toʻliq ishonch hosil qilish, qandaydir xatoliklar oʻtib ketmaganligini tekshirish, umuman olganda test natijalarini tahlil qilish uchun amalga oshiriladi.

2. Ayrim abituriyentlarning test natijalarini eʼlon qilishdagi xatolik tuzatilgan.

11-sentyabr kuni test sinovlari natijalarini eʼlon qilishda texnik xatolikka yoʻl qoʻyilgan. Test natijalaridagi texnik xatolik Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoʻqon shahrida 10-sentyabr kuni 1-smenada oʻtkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan ayrim abituriyentlarda yuzaga kelgan.

Hozirda mazkur texnik xatolik tuzatilib, test natijalari xato eʼlon qilingan abituriyentlarning natijalari yangilangan. Mazkur abituriyentlar shaxsiy kabinetlari orqali yangilangan test natijalarini qayta koʻrishlari mumkin.

3. Javoblar varaqasidagi chang test natijalarini xato hisoblanishiga olib kelmagan.

Test sinovlari ochiq maydonlarda oʻtkazilgani sababli javoblar varaqasida chang toʻplangan. Bu holat natijalar hisoblanishi koʻproq vaqt talab etilishiga sabab boʻlgan. Chunki maʼlum miqdordagi javoblar varaqasini skaner qilgandan soʻng, skaner qurilmalarini changdan tozalash zaruriyati yuzaga kelgan. Bu albatta natijalar kunning oxirida eʼlon qilinishiga sabab boʻlgan.

4️. Abituriyentlardan qayta test olinmaydi.

2-sentyabrdan 13-sentyabrgacha boʻlib oʻtgan test sinovlarida 90 nafar abituriyent tana harorati 37⁰C dan yuqori boʻlganligi sababli dalolatnoma tuzilib, test sinovlariga kiritilmadi. Bu albatta, boshqa test topshiruvchi abituriyentlar va guruh nazoratchilari salomatligini oʻylagan holda Davlat komissiyasining 2020-yil 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq amalga oshirildi.

Mazkur bayonga asosan, 17-sentyabr kuni tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlgan, test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tayyorlangan stadion va xiyobonlarda qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер