Termiziy hayotiga bag‘ishlangan film suratga olinmoqda
“O‘zbekkino” milliy agentligi hamda “Inson” kino studiyasi hamkorligida “Abu Iso Muhammad at-Termiziy” nomli yangi badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, film rejissyori va ssenariy muallifi Abduhalil Mignorov.
Yangi asar Abu Iso Muhammad at-Termiziy hayoti haqida hikoya qilib, yoshlar uchun ibratli film bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda suratga olish ishlari davom etmoqda. 15 avgustdan boshlab jarayonlar Buxoro va Xiva shaharlarining tarixiy qismida davom ettiriladi.
Filmda Abu Iso Muhammad at-Termiziy rolini Abduhalil Mignorov (keksaligi), Doniyor Xafizov(o‘rta yosh davri) hamda Abdulloh Sadriddinov(bolaligi)lar ijro etishmoqda.
Yangi kinokartinada yana bir qancha ijodkorlar: Po‘lat Saidqosimov, Nozim To‘laxo‘jayev, Hamid Toshpo‘latov, Ubaydullo Omon, Furqat Fayziyev, Egamberdi Rahimovlar ham ishtirok etishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring