Termiz – Sankt-Peterburg yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar tiklanadi

05:57 09 Aprel 2022 Jamiyat
1087 0

Foto: Illustrativ foto

Kompaniya matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 2022-yil 5-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz xalqaro yoʻnalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi.

Parvozlar har payshanba kunlari quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:

— Termizdan uchish: 08:55 (Toshkent vaqti bilan);

— Sankt-Peterburgga yetib borish: 12:20 (Moskva vaqti bilan);

— Sankt-Peterburgdan uchish: 13:50 (Moskva vaqti bilan);

— Termizga yetib kelish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan).

Taʼkidlanishicha, Termiz – Sankt-Peterburg yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 1 961 814 soʻmdan (bagajsiz) va 2 160 354 soʻmdan (bagaj bilan), Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz yoʻnalishi boʻyicha esa 3 698 660 soʻmdan (bagajsiz) va 4 095 738 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер