“Tepada mansabdor tanishlarim bor”: Ijaraga berilgan hududni “pullamoqchi” boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi

14:50 11 Yanvar 2025 Jamiyat
466 0

Buxoro viloyatida yana bir shaxs 20 ming AQSH dollari bilan ushlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻtkizilgan tezkor tadbirda A.R. Buxoro tumani Koʻchkʼumar mahallasi hududida joylashgan MCHJga ijara huquqi asosida ajratilgan 278 gektar suv havzalaridan iborat obyektning 4 gektar qismini 280 ming AQSH dollariga sotishga kelishib oladi.

Shundan soʻng, u kelgusida mansabdor tanishlari orqali alohida mulk sifatida hujjat rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, kelishilgan puldan 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер