Temuriylar saltanatini 40 yil boshqargan hukmdorga bagʻishlab suratga olingan film taqdimoti oʻtkaziladi

10:06 13 Sentyabr 2024 Jamiyat
498 0

Mirzo Ulugʻbek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qoʻyilgan narvon” filmi taqdimoti boʻlib oʻtadi.

“Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorining qabul qilinishi ushbu qarorga kelinishiga sabab boʻlgan.

Qarorga koʻra, 2024-yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligi keng nishonlanadi. Shuningdek, “Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulugʻbek ilmiy-maʼrifiy merosining oʻrni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulugʻbek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtiriladi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida 2024-yil 10–11-oktyabr kunlari “Mirzo Ulugʻbek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻtkazilishi ham ushbu qaror bilan mustahkamlanib qoʻyilgan.

Maʼlum boʻlishicha, “Ziji jadidi Koʻragoniy” asari oʻzbek, rus va ingliz tillarida, “Toʻrt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining oʻzbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi.

Shuningdek, 2024-yil oktyabr oyida taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulugʻbek asarlari nashrining taqdimotlari oʻtkazilishi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Mirzo Ulugʻbek davriga oid asarlar qoʻlyozmalarining koʻrgazmasi tashkil etilishi ham koʻzda tutilmoqda.

Vanihoyat, eng kutilgan voqealardan biri, Mirzo Ulugʻbek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qoʻyilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mirzo Ulugʻbek Temuriylar sulolasining eng taniqli vakillaridan biri boʻlib, mamlakatni deyarli 40 yil idora etgan.

Avvalroq, Oʻzbekiston 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Misr va Angolani taslim etgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер