“Telegram” messenjerida behayo rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qoʻrqitgan zoʻravon yigitcha qoʻlga olindi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) K.A. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “Adыl” nomli profil egasi, K.A.ning turli foto-suratlari va behayo tasvirlarini Internet ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 19 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.A., jabrlanuvchi (ayol) K.A. bilan “Telegram” messenjeri orqali oʻzini “Adыl” deb tanishtirib, uni yaxshi koʻrib qolganligini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uni ishonchiga kirish orqali uning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qoʻlga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitgan va tarqatmaslik evaziga dastlab, naqd 100.000 soʻm, soʻngra oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga 25 000 soʻm, hamda 225 000 soʻm pullarni oʻtkazib olganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring