Telegram bir sutkada 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Telegram messenjeri maʼmuriyati 16-aprel kuni oʻz siyosatini buzgan 104,4 mingta kanal va guruhlarni blokladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, yil boshidan buyon Telegramʼda 12,69 milliondan ortiq guruh va kanallar bloklangan.
Soʻnggi yetti kun ichida messenjer maʼmuriyati 600 mingga yaqin kanalni bloklab qoʻydi.
Eng ommaviy bloklanish joriy yilning 1-yanvar kuni qayd etilgan boʻlib, oʻshanda qariyb 543 mingta guruh va kanallar yopib qoʻyilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring