Texnik kannabis qanday afzalliklarga ega?

14:32 17 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
1849 0

Bu haqida Qishloq xoʻjaligi matbuot kotibi Nigora Xoʻjayeva AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.

Kannabis eng tez oʻsuvchi ekinlardan biri boʻlib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar koʻp sellyuloz olinadi;

— oʻsimlikka qishloq xoʻjaligi kimyoviy preparatlari nisbatan kamroq ishlatiladi;

— suvni ancha kam talab qiladi, atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi;

— aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan kadmiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda foydali;

— 110 kun ichida oʻsimlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi;

— jahonda 40 dan ortiq davlatda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Texnik kannabis tarkibida 0,2 foizgacha miqdorda tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud.

Xovos tumanida ekilgan nav Fransiyadan keltirilgan boʻlib, uning tarkibida giyohvand juda kam miqdorni tashkil etadi. Bu esa tirik organizmga hech qanday narkotik taʼsir koʻrsatmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер