TEAM universiteti tashkil etildi

13:14 20 Aprel 2020 Hujjatlar
2932 0

“TEAM universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, TEAM universiteti tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek boshqa sohalarda yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning vazifalaridan biridir.

Universitet “TEAM University” MCHJ muassisligidagi ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy OTMlar bilan birgalikda taʼminlanadi.

Universitetda taʼlim jarayoni ingliz, oʻzbek va boshqa tillarda tashkil etiladi, taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etilgan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Universitetda taʼlim olish toʻlov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar – potensial ish beruvchilar taqdim etadigan taʼlim grantlari, homiylik xayriyalari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер