TDPUda xorijda taʼlim olishni xohlovchilar uchun maxsus oʻquv kurslari boshlandi

00:48 03 Aprel 2019 Jamiyat
1687 0

Foto: TDPU matbuot xizmati.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1 apreldan xorijda taʼlim olishga nomzod yoshlar uchun moʻljallangan maxsus chet tilini oʻrgatish oʻquv kurslari ish boshladi. Bu haqda “Xalq soʻzi ONLINE”ga TDPU matbuot xizmati rahbari Dildora Ibragimova xabar berdi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur oʻquv kurslari chet elda malaka oshirishga nomzod professor-oʻqituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlarning chet tillari (ingliz, fransuz, nemiz) boʻyicha bilimlarini mustahkamlashni nazarda tutadi.

Oʻquv kurslarida Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetidan nofilologik yoʻnalishdagi professor-oʻqituvchilar, doktorant hamda magistrantlar ishtirok etmoqda.

Xorijda malaka oshirishga nomzodlar uchun V1, V2 hamda A2 toifalari boʻyicha taʼlim beriladi.

Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan pedagoglarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi tanlovida qatnashish uchun maxsus sertifikat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер