Tataristonda 12-may motam kuni deb eʼlon qilindi. Putin halok boʻlgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

15:28 11 May 2021 Dunyo
1263 0

Qozon shahridagi 175-sonli maktabdagi otishma paytida halok boʻlganlarning xotiraga 12-may Tataristonda motam kuni deb eʼlon qilindi.

Ushbu qaror Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov tomonidan qabul qilingan.

“Prezident qarori bilan Tataristonda 12-may motam kuni deb eʼlon qilindi”, deydi prezident matbuot xizmati rahbari Liliya Galimova.

Galimova shuningdek, yaqin vaqt ichida respublika aksilterror komissiyasining yigʻilishi oʻtkazilishini maʼlum qildi. Taʼlim muassasasidagi otishma paytida oʻquvchilar va maktab oʻqituvchilaridan biri oʻldirilgan. Halok boʻlganlar va jarohat olganlarning aniq soni aniqlanmoqda.

Hujum 19 yoshli Ilnaz Gulyaviyev tomonidan amalga oshirilgan va u hibsga olingan. Ilnaz toʻrt yil oldin ushbu maktabni tugatgan.

Rossiya prezidenti halok boʻlgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozon shahridagi maktabdagi otishmada halok boʻlgan bolalarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

“Prezident otib oʻldirgan bolalarning qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Shuningdek, Putin jarohat olgan maktab oʻquvchilariga tezroq tiklanishlarini tilagan.

Peskovning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari hozirda Kremlda. U FXX rahbari Aleksandr Bortnikovning hisobotini eshitgan, hukumat rahbari Mixail Mishustin, bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Yevgeniy Zinichev bilan telefon orqali suhbatlashgan. Prezident hukumatga jarohat olgan bolalarga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish, halok boʻlganlarning qarindoshlariga zarur koʻmak berishni topshirdi.

Mishustin va Golikova bilan suhbatda Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti bortida shifokorlar, psixologlar va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan birga Qozonga uchib ketishga qaror qilgan. Shuningdek, Taʼlim vaziri Sergey Kravsov va Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Tatariston poytaxtiga boradi.

Putin kun davomida Qozondagi vaziyat boʻyicha hukumat, tegishli vazirliklar va maxsus xizmatlar rahbarlari bilan aloqada boʻlib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер