Tatariston musulmonlariga hayit namozi shartlari maʼlum qilindi

13:14 22 Iyul 2020 Dunyo
1169 0

Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi 31-iyul kuni belgilangan Qurbon hayiti munosabati bilan hayit namoziga qatnashish talablarini eʼlon qildi.

“Biz oʻz namozxonlarimizdan bu yil masjidga kech qolmasliklarini soʻraymiz. Chunki biz namoz paytida ijtimoiy masofaga rioya qilishimiz lozim. Masjidda hamma uchun ham joy yetmasligi mumkin, - dedi respublika muftiysining oʻrinbosari Rustem Valiullin.

U masjidlarda hayit namozi 3:30 da boshlanib, 4:30 da tugashiga aniqlik kiritdi.

Valiullinning soʻzlariga koʻra, hayit namozida ishtirok etish uchun har bir kishi joynamoz, respirator yoki niqob va qoʻlqoplarni olib kelishlari kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер