Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlikka chaqiradi
Soʻnggi kunlarda Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan bogʻliq turli xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring