Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

13:29 01 Noyabr 2023 Siyosat
188 0

2023-yil 20-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʻloyev Pokistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish, koʻp qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya sohalarida rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Pokistonning xalqaro maydonda, xususan, BMT, SHHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi saʻy-harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakldagi boʻlajak tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер